Isroil Madrimov AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Isroil Madrimov AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov uch nafar o‘zbekistonlik bokschi bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Mashg‘ulotlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati, Indio shahrida davom etmoqda.
Isroil Madrimov AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
E’tiborlisi, Isroilga mashg‘ulotlarda Murodjon Ahmadaliyev, Bektemir Meliqo‘ziyev va Botir Ahmedov ham yordam beryapti.
Isroil Madrimov AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Eslatib o‘tamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.