Futzal. O‘zbekiston xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida Gvatemalaga mag‘lub bo‘ldi

Futzal. O‘zbekiston xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida Gvatemalaga mag‘lub bo‘ldi
Futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi 12 iyul, payshanba kuni Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv O‘zbekistonning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘zbekiston safida Mehroj Xudoyberganov va Dilshod Rahmatov urgan bo‘lsa, Gvatemala tarkibida Patrik Ruis ikkita, Roberto Alvorado bitta gol urdi.

Xose Venansio Lopes shogirdlari 11 iyul kuni ham Gvatemalaga qarshi o‘ynagandi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
12 iyul, juma

O‘zbekiston – Gvatemala 2:3
Gollar
: 3\' Mehroj Xudoyberganov, 32\' Dilshod Rahmatov — 9\', 24\' Patrik Ruis, 27\' Roberto Alvorado.
O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 1. Ramil Almamedov, 2. Anasxon Rahmatov, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Ixtiyor Ropiyev.
Zaxira: Elmurodov, Yunusov, Botirov, Jo‘rayev, Rahmatov, Usmonov, Berkinov, Ahmedzyanov, Xudoyberdiyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.