Yevro—2024 ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Yevro—2024 ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
WhoScored futbol bo‘yicha Yevro—2024 musobaqasining ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Tarkibga o‘z pozitsiyasida eng yaxshi o‘rtacha ballni to‘plagan futbolchilar kiritildi. Chempion Ispaniyadan 4 nafar futbolchi tarkibdan joy olgan.

Ramziy tarkib quyidagicha:

Darvozabon: Georgiy Mamardashvili (Gruziya, o‘rtacha ball – 7,76);
Himoyachilar: Yozua Kimmix (Germaniya, 7,45), Yaka Biyol (Sloveniya, 7,33), Pepe (Portugaliya, 7,33), Nunu Mendesh (Portugaliya, 7,51);
Yarim himoyachilar: Fabian Ruis (Ispaniya, 7,56), Dani Olmo (Ispaniya, 7,72), Jamal Musiala (Germaniya, 7,51);
Hujumchilar: Lamin Yamal (Ispaniya, 7,61), Kodi Gakpo (Niderlandiya, 7,59), Niko Uilyams (Ispaniya, 7,39).
Yevro—2024 ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.