“Real” yana bir qimmatbaho o‘yinchini tekinga olyapti

“Real” yana bir qimmatbaho o‘yinchini tekinga olyapti
“Real” yozgi transferlar oynasi yopilmay turib, yana bir katta transferga ulgurib qolishga harakat qilyapti.

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida “Yuventus” bilan xayrlashgan fransiyalik futbolchi Adriyen Raboni ko‘rmoqchi.

Italiyalik mutaxassis bu o‘yinchining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Rabo PSJda Anchelotti qo‘l ostida to‘p tepgan.

“Yuventus” shartnomasi yakunlangan Raboga yangi bitim taklif qilmadi va shu tariqa yarim himoyachi erkin agentga aylandi. “Qirollik klubi” bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Adriyenda “Milan” varianti ham bor. Biroq A Seriyaga klubiga Raboning maoshi og‘irlik qilishi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.