Parij-2024. Ruslan Abdullayevning chorak finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Parij-2024. Ruslan Abdullayevning chorak finaldagi raqibi kim bo‘ladi?
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullayev Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli start oldi.

-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini o‘tkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni musobaqadan chiqarib yubordi va chorak finalga yo‘l oldi.

Uning chorak finldagi raqibi kanadalik Vaytt Sanford bo‘ladi. Yarim final yo‘llanmasi tikilgan mazkur bahs 1 avgust kuni o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.