Eldor Shomurodov: Musobaqadan avval Oston va Husniddin bilan gaplashib olgandik

Eldor Shomurodov: Musobaqadan avval Oston va Husniddin bilan gaplashib olgandik
\"Parij-2024\" futbol musobaqasida o‘z ishtirokini o‘tkazgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining o‘zidayoq ishtirokini yakunladi. Mazkur turnirdan so‘ng termamiz yetakchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Taklif uchun murabbiyga rahmat. Kirishib ketishda muammo bo‘lgani yo‘q. Sababi, bu yigitlarni hammamiz anchadan beri taniymiz.

- Musobaqadan avval Oston va Husniddin bilan gaplashib olgandik. Xudo ko‘rsatmasin, biror salbiy natija bo‘lsa, tanqid va gap-so‘zlar birinchi bo‘lib bizga kelib tegardi. Uchalamiz ham shuni his qilgan holda o‘ynadik.

- Barcha o‘yinlarda jamoaviy tarzda ajoyib o‘yinlar o‘tkazdik. Biroq yana o‘sha natija borasida oqsadik.

- Katta musobaqalarga kelayotganingizda albatta bosim bo‘ladi. Proffesional futbolchi doimo bunga tayyor bo‘lishi kerak.

- Ha, yana \"Roma\"ga qaytdim. Hozircha biror jamoadan aniq takliflar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.