Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal

Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal
Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal

O‘zbekiston Milliy termasi Rio-de-Janeyrodagi XV Paralimpiya o‘yinlarini 31 medal bilan yakunladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz\" nashri.

32 sportchidan iborat respublika jamoasi sportning besh turi (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish va og‘ir atletika) bo‘yicha bahslarga kirishdi.
Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal

8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston paralimpiyachilar medallar hisobi bo‘yicha 15-o‘rin (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin)ni band etdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1- o‘rinni, MDX davlatlari orasida 2- o‘rin (1- o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1- o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi.
Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal

Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa xisobida 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.