Parij-2024. Hasanboy Do‘smatov finalda!

Parij-2024. Hasanboy Do‘smatov finalda!
Parij-2024 Olimpiadasining boks dasturida erkaklar o‘rtasida -51 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi yarim final bahsi yakunlandi.

Tajribali bokschimiz final yo‘lida Kabo-Verde vakili David de Pinaga qarshi jang o‘tkazdi va yaqqol ustunlik bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bokschimiz jang boshidan to‘liq nazoratni o‘rnatdi va birinchi raund Hasanboy foydasiga. 4:1. Ikkinchi raund esa yana \"Professor\" foydasiga - 5:0. Hal qiluvchi raundda ham Do‘smatov g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.