Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketdi

Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: O‘FA
O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Kapadze “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyligidan ketganini ma’lum qildi:

“\'Olimpik\' klubini tark etdim. Klub rahbariyatiga Olimpiadadan keyin yarim yil dam olishimni ancha oldin aytgandim. Sababi 3,5 yil davomida umuman dam olmadim.

Terma jamoa bilan 4 ta katta musobaqada ishtirok etdik, klub esa Superligada, U-21 chempionatida, Kubokda qatnashdi. Bu odamdan kattagina kuch talab qilardi. Menimcha, \'Olimpik\' klubi yil oxirigacha o‘z faoliyatini olib boradi. Keyingi yil nima bo‘lishini rahbariyat hal qiladi. Ayni paytda \'Olimpik\'da yordamchilarim ishlamoqda. Ularga omad tilayman
”.

Eslatib o‘tamiz, Kapadze 2021 yildan buyon “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.