Krouford Madrimov haqida: "Undagi meni hayratga solgan narsa..."

To‘rt vazn toifasida jahon chempioni, \"pound-for-pound\" reytingi peshqadami amerikalik Terens Krouford xamyurtimiz Isroil Madrimov ustidan qozonilgan g‘alabani sharhlar ekan, jangdagi raqibini hayratda qoldirgan jihati haqida gapirdi.
- \"Biz uning professional boksda kam sonli janglarga ega bo‘lsa ham, jiddiy qarash kerakligini bilardik. Axir u havaskor boksda 300 ga yaqin jang o‘tkazgan. Vasiliy Lomachenkoga qarang. U ikkinchi professional jangida chempionlik uchun kurash olib bordi. Madrimovda meni hayratga solgan narsa, bu uning sabri edi. U ringda juda sabrli jang qildi\", - dedi Krouford matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Krouford va Madrimov o‘rtasidagi jang 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tgan va bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan (115-113, 115-113, 116-112) amerikalik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- \"Biz uning professional boksda kam sonli janglarga ega bo‘lsa ham, jiddiy qarash kerakligini bilardik. Axir u havaskor boksda 300 ga yaqin jang o‘tkazgan. Vasiliy Lomachenkoga qarang. U ikkinchi professional jangida chempionlik uchun kurash olib bordi. Madrimovda meni hayratga solgan narsa, bu uning sabri edi. U ringda juda sabrli jang qildi\", - dedi Krouford matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Krouford va Madrimov o‘rtasidagi jang 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tgan va bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan (115-113, 115-113, 116-112) amerikalik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













