Saul Alvares: "Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi"

Saul Alvares: "Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi"
Saul \"Kanelo\" Alvaresning fikricha, Terens Krouford yaqinda o‘tkazilgan hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jangida g‘alabaga loyiq emasdi. \"Kanelo\" yaqinda bergan intervyusida shu haqida gapirib o‘tdi.

\"Terens yaxshi jang qiladi, lekin menimcha, u mazkur bahsda yutqazib qo‘ydi. Hakamlarning qaroriga tushunmadim. Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda, durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi\" – dedi Alvares.

Ma’lumot uchun, hozirda \"Kanelo\"(61-2-2, 39 KO) bor e’tiborini navbatdagi jangiga qaratgan. U 14 sentabr kuni Edgar Berlan(22-0, 17 KO)ga qarshi jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.