Parij—2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Parij—2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Parij Olimpiadasida taekvondo uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik sportchi Ulug‘bek Rashitov chorak final doirasida xitoylik Liang Yushuay bilan to‘qnash keldi.

Birinchi raundni Ulug‘bek o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundni ham yirik hisobda o‘z foydasiga hal qilgan Rashitov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi u final yo‘llanmasi uchun ispaniyalik Xaver Peres bilan jang qiladi. Bundan avvalgi bosqichda Ulug‘bek gongkonglik raqibini mag‘lub etgandi.

Ulug‘bek Rashitov 2002 yil 23 martda tug‘ilgan. Murabbiyi—Xan Pavel. Tajribali o‘zbek taekvondochisi Tokio Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi. 2023 yil Bokuda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.