Parij-2024. Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Parij-2024. Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ
Parij Olimpiadasida taekvondo uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

+67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Svetlana Osipova finalda fransiyalik Altea Loranga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi raundda fransiyalik taekvondochi 3:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundda esa Altea faollik evaziga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Osipova Olimpiada bahslari kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Svetlana finalga qadar Astan Katerine Fege (Kot d\'Ivuar), Rebekka Makgin (Buyuk Britaniya) va Li Dabin (Janubiy Koreya) kabi raqiblarini mag‘lub etib, chiqqan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.