Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
OFK JCH-2026 saralashi doirasidagi dastlabki o‘yinlar qaysi stadionlarda o‘tishi borasida yakuniy qarorni e’lon qildi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda 5 sentyabr kuni Toshkentdagi \"Bunyodkor\" stadionida KXDRga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Xuddi shu kuni Qatar \"Ahmad bin Ali\" stadionida BAAni qabul qilsa, Eron Isfahondagi \"Naqshi Jahon\" stadionida Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘ynaydi.
Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
10 sentyabr kuni 2-turda O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs Bishkek shahridagi Dolen Omurzakov nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

KXDR Qatarni Laos mamlakatidagi \"Lao Milliy\" stadionida qabul qiladi. BAA esa Al Ayn shahridagi \"Hazza bin Zayd\" stadionida Eron bilan to‘qnash keladi.
Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.