Saudiya Superkubogi. "Al-Hilol" finalda "An-Nassr"ni tor-mor etdi

Saudiya Superkubogi. "Al-Hilol" finalda "An-Nassr"ni tor-mor etdi
Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni superkubogi final uchrashuvi 17 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Al-Hilol” va “An-Nassr” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning birinchi taym oxirgi daqiqalarida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bo‘lim mezbonlarning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda “Al-Hilol” jamoasi katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Natijada 4 ta gol urishga muvafaq bo‘ldi. “An-Nassr” ikkinchi bo‘limda gol ura olmadi. Shu tariqa “Al-Hilol” 5-bor mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi. “An-Nassr” esa qatorasiga 6-o‘yinda ashaddiy raqibini yengolgani yo‘q. Ular so‘nggi 6 o‘yinning beshtasida mag‘lub bo‘lgan, bir uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.

Saudiya Arabistoni superkubogi
17 avgust, shanba
“An-Nassr”— “Al-Hilol” 1:4
Gollar
: 1:0—Ronaldu (44), 1:1—Milinkovich-Savich (55), 1:2—Mitrovich (63), 1:3—Mitrovich (69), 1:4—Malkom (72).
“An-Nassr”: Bentu, Al G‘annam, Lajami, Laport, Telles, Al Haybari (Ali, 75), Otavio, Yahyo (G‘arib, 26), Taliska (An Naji, 75), Mane, Ronaldu.
“Al-Hilol”: Bunu, Abdulhamid, At Tambakti, Kulibali, Lodi (Ash Shahroni, 79), Milinkovich-Savich, Nevesh, Malkom (Kanno, 79), Mikael (Al Qahtoni, 90+3), Ad Dovsari, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: At Tambakti (12), Malkom (28), Otavio (34), Ad Dovsari (77), Al G‘annam (87).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.