Mbappe “Real” istagiga qarshi bordi

Mbappe “Real” istagiga qarshi bordi
“Real” klubining talablari Kilian Mbappega to‘g‘ri kelmaganini Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham oshkor qildi.

Ma’lumki, “Qirollik klubi” fransiyalik legionerning yozda Yevropa chempionatida ishtirok etgani uchun yetarli darajada dam olmaganini inobatga olib, Fransiya terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘in va uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Biroq Dide Desham Mbappeni tarkibga kiritdi. Fransiyalik mutaxassis bu qaror Kilian Mbappening tashabbusi ekanini ta’kidladi.

- Men Kilian Mbappening yaxshi sport formasida ekanini ko‘rdim. Shu bois u tarkibda va bu shaxsan uning qarori, - dedi Dide Desham.

Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 6 sentyabr kuni Italiya va 9 sentyabrda Belgiya futbolchilari bilan kuch sinashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.