Paralimpiya. Para yengil atletikachi Elbek Sultonov — oltin medal sohibi

Paralimpiya. Para yengil atletikachi Elbek Sultonov — oltin medal sohibi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Paralimpiya. Para yengil atletikachi Elbek Sultonov — oltin medal sohibi
Foto: Paralympic
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.

Ushbu yo‘nalishda startga chiqqan o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchining faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.

Avvalroq para yengil atletikachilar Asila Mirzayorova hamda Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayevlar Paralimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.