Revanshda kim g‘alaba qozonadi, Usik yoki Fyuri?

Revanshda kim g‘alaba qozonadi, Usik yoki Fyuri?
Birinchi og‘ir vazn toifasida (90,7 kg) uch karra jahon chempioni va Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) g‘olibi latviyalik Mayris Briyedis super og‘ir vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.

Garchi birinchi jang deyarli, teng o‘tgan bo‘lsa-da, revanshda Usik Taysonni yana mag‘lub etishiga ishonaman. Chunki ularning dastlabki to‘qnashuvida ham Aleksandr matonat va sabr ko‘rsatib, barchaga a’lo darajada jang qila olishini isbotladi”, — dedi Briyedis You Tube dagi RUS TVNET kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik(22-0, 14 KO) va Fyuri(34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi birinchi bahsda ukrainalik sportchi ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.