«Valensiya» nihoyat g‘alaba qozondi va 7 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berdi

«Valensiya» nihoyat g‘alaba qozondi va 7 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berdi
«Valensiya» nihoyat g‘alaba qozondi va 7 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berdi

«Valensiya» klubi Ispaniya chempionati 5-turida «Alaves»ni qabul qildi va g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda 2:1 hisobi qayd etilgan. Shu tariqa «Valensiya» 7 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatli seriyaga barham berishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija klub antirekordi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Valensiya» bosh murabbiyi Pako Ayestaran seshanba kuni iste’foga chiqarilgan va uning o‘rniga Salvador Gonsales Voro tayinlangan edi.

Ispaniya chempionati, 5-tur
Valensiya – Alaves 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28, avtogol Laguardia, 1:1 – 45 Tokero, 2:1 – 88, penalti Parexo.
Valensiya – Diego Alves, Montoyya, Aderlan Santos, Mangalya, Gayya, Parexo, Peres, Medran (Joau Kanselu, 67), Nani, Munir (Bakkali, 79), Rodrigo (Santi Mina, 46).
Alaves – Pacheko, Femeniya, Laguardia, Ruano, Teo, Tokero, Markos Lorente, Torres, Katai (Ibai Gomes, 70), Krstichich (Kamarasa, 61), Deyverson (Santos, 85).
Ogohlantirishlar: Mangalya (56), Torres (57), Teo (77), Ruano (87), Diego Alves (90).

Manba: www.fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.