Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. FIFA Eron va Fransiya o‘yini borasida tergovni boshladi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. FIFA Eron va Fransiya o‘yini borasida tergovni boshladi
FIFA futzal bo‘yicha Jahon chempionatidagi mojaro sababli Eron va Fransiya o‘yini borasida tergov ishlarini boshladi.

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan mundial davomida 22 sentyabr kuni Eron F guruhida fransuzlarni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va shundan so‘ng Liviya terma jamoasi ushbu uchrashuv “kelishilgan xarakterga ega” ekanligini ro‘kach qilib, FIFAga shikoyat yo‘lladi.
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. FIFA Eron va Fransiya o‘yini borasida tergovni boshladi
Taxminlarga ko‘ra, Fransiya futbolchilari pley-offning osonroq setkasiga tushish uchun raqibiga yutqazib bergan, xususan, jahon reytingida yetakchi bo‘lib turgan Braziliya bilan chorak finalda yo‘qnash kelishdan qochgan.
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. FIFA Eron va Fransiya o‘yini borasida tergovni boshladi
Eron F guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Fransiya esa ikkinchi bo‘ldi. Ikkala terma jamoa 1/8 finalga yo‘l oldi va Marokash hamda Tailand terma jamoalari bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. FIFA Eron va Fransiya o‘yini borasida tergovni boshladi
Liviya esa D guruhida 3-o‘rinni egalladi hamda turnirni tark etdi.

Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar tomonidan F guruhidan o‘rin olgan Fransiya va Eron o‘rtasidagi o‘yin yuzasidan berilgan shikoyatlardan xabardormiz. Bu jarayon davom etmoqda va hozircha boshqa izoh berilmaydi”, — deyiladi FIFA bayonotida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.