Dyubuaning murabbiyi: “Usik — firibgar va soxta chempion”

Dyubuaning murabbiyi: “Usik — firibgar va soxta chempion”
Foto: Getty Images
Og‘ir vazn toifasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni britaniyalik Daniel Dyubuaning murabbiyi Don Charlz hamon WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq chempion ukrainalik Aleksandr Usik Dyubua bilan jangda ayyorlik ishlatgan deb hisoblaydi.

Usik soxta chempion. Ha, u ajoyib bokschi, lekin u yolg‘onchi va firibgar. U Xudoga ishonishini aytadi va doim cho‘qinadi. Ammo Xudoga ishonadigan odam yolg‘on gapirmaydi. O‘sha ishi uchun unga Oskar mukofotini berish kerak. Men Usikni jangga chorlayman va Dyubua bilan revansh jangini talab qilaman”, dedi Charlz.

Ma’lumot uchun, Usik navbatdagi jangini 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazishi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.