Saudiya Arabistonida eng ko‘p daromad ko‘ruvchi futbolchilar

Saudiya Arabistonida eng ko‘p daromad ko‘ruvchi futbolchilar
“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining ko‘p daromad ko‘ruvchi futbolchisi hisoblanadi.

39 yoshli forvard yiliga 263 million yevro daromad ko‘radi (uning 60 millioni reklamalardan), deya xabar bermoqda Bloomberg va Forbes tadqiqotlariga tayanib Al Sharq News.

Ikkinchi o‘rinni “Al-Hilol” hujumchisi Neymar (102 million) egallab turibdi. Braziliyalik futbolchi 74 million yevro maosh oladi va 28 million yevro reklama shartnomalaridan daromad ko‘radi.

“Al-Ittihod”da to‘p suruvchi Karim Benzema kuchli uchlikni yakunlab bergan (96 million + 4 million).
Saudiya Arabistonida eng ko‘p daromad ko‘ruvchi futbolchilar
To‘rtinchi o‘rinda esa “An-Nassr” a’zosi Sadio Mane egallab turibdi. Mane 48 million yevro maosh oladi, shuningdek, 3,7 million yevro reklamardan keladi.

Keyingi o‘rinlardan quyidagi futbolchilar joy olgan:

Ayven Tauni (“Al-Ahli”) — 23 million yevro;

Joau Kanselu (“Al-Hilol”) — 15 million;

Mussa Diabi (“Al-Ittihod”) — 15 million;

Muhammad Simakan (“An-Nassr”) — 15 million;

Nacho (“Real”) — 10 million;

Per-Emerik Obameyang (“Al-Qadisiya”) — 10 million.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.