O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
2025 yilning fevral oyida Xitoyda 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar terma terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Ayni paytda vakillarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali mazkur musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun O‘FA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Unda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O‘zbekiston turnirning amaldagi g‘olibi ekanligi, terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda Chilida o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi zarurligi ta’kidlandi. Bu borada assotsiatsiyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilishi aytildi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o‘tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirish ko‘rsatmasini berdi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 15, 18 noyabr kunlari Osiyo kubogining yana bir ishtirokchisi — Iroq yoshlar jamoasiga qarshi nazorat o‘yinlarida maydonga tushadi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.