Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi

Angliya Premer-ligasining 12-turida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Tottenxem”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bu natija “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga murabbiylik faoliyatidagi bir necha antirekordlarni keltirdi.
Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida o‘z maydonida ilk bor to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub etildi.
Gvardiola avval “Barselona” va “Bavariya”da ishlagan kezlari ham bunday sharmandali mag‘lubiyatga duch kelmagan.
Bundan tashqari, Gvardiola o‘zi to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng ko‘p “Tottenxem”dan jabr ko‘rgan. “Shporlar” uning jamoasini to‘qqiz marotaba mag‘lub etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu natija “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga murabbiylik faoliyatidagi bir necha antirekordlarni keltirdi.
Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida o‘z maydonida ilk bor to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub etildi.
Gvardiola avval “Barselona” va “Bavariya”da ishlagan kezlari ham bunday sharmandali mag‘lubiyatga duch kelmagan.
Bundan tashqari, Gvardiola o‘zi to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng ko‘p “Tottenxem”dan jabr ko‘rgan. “Shporlar” uning jamoasini to‘qqiz marotaba mag‘lub etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













