Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?

Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi va SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning Rossiya klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, futbolchimiz yiliga 110 ming yevro miqdorida maosh oladi. Shuningdek, jamoaning yana bir yetakchilaridan biri Musayev \"armiyachilar\" safida 220 ming yevro pul ishlab topadi.

O‘z navbatida klub safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi Igor Akinfeyev hisoblanib, kiper yiliga 1,6 million yevro miqdorida maosh oladi.
Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?
Joriy mavsumda Fayzullayev SSKA safida jami 22 ta bellashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 6 ta assist muallifiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.