Ctatistikani "injig‘i": Gukesh o‘yinning 31,7 foizini meditatsiya qilib o‘tkazdi

Gukesh diqqatni jamlash va diqqatni jamlagan holda, ko‘zlarini mahkam yumish qobiliyatiga ega. U buni 2024 yilgi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining 7-o‘yinida raqibi Ding Lijenga qarshi tez-tez bajargan.
FIDE ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli da’vogar o‘yinning 31,7 foizini shunday meditatsiyada o‘tkazgan. Bunday noodatiy yondashuv hatto niderlandiyalik grossmeyster Anish Girining hazillashib, tvit yozishiga sabab bo‘ldi: “Gukesh 18 yoshida ko‘zlari yumilgan holda jahon chempionligini qo‘lga kiritishni xohlamoqda”.

Bu harakat raqibni chalg‘itmaydimi?
\"Bu menga shaxsan ta’sir qilmaydi, ammo boshqalarni bezovta qilishi mumkin. Ba’zilar parvo qilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu juda qiziq statistika”, - dedi grossmeyster Anna Muzichuk FIDEga.

Gukesh avvalroq o‘z harakatining sababini ma’lum qilgan va u variantlarni sanab o‘tishni osonlashtirgani uchun ko‘zlarini yumganini aytgan edi.
- Ba’zida ko‘zingizni yumgan holda variantlarni hisoblash osonroq, - deb tushuntirdi Gukesh.
Ma’lumot uchun, \"Klassik Jahon Chempionati 2024\" doirasida Gukesh hamda Din Lijen o‘zaro bahs olib bormoqda.
Hozirga qadar mazkur shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 7 ta bahsda tomonlar bir marotabadan zafar quchgan. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!FIDE ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli da’vogar o‘yinning 31,7 foizini shunday meditatsiyada o‘tkazgan. Bunday noodatiy yondashuv hatto niderlandiyalik grossmeyster Anish Girining hazillashib, tvit yozishiga sabab bo‘ldi: “Gukesh 18 yoshida ko‘zlari yumilgan holda jahon chempionligini qo‘lga kiritishni xohlamoqda”.

Bu harakat raqibni chalg‘itmaydimi?
\"Bu menga shaxsan ta’sir qilmaydi, ammo boshqalarni bezovta qilishi mumkin. Ba’zilar parvo qilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu juda qiziq statistika”, - dedi grossmeyster Anna Muzichuk FIDEga.

Gukesh avvalroq o‘z harakatining sababini ma’lum qilgan va u variantlarni sanab o‘tishni osonlashtirgani uchun ko‘zlarini yumganini aytgan edi.
- Ba’zida ko‘zingizni yumgan holda variantlarni hisoblash osonroq, - deb tushuntirdi Gukesh.
Ma’lumot uchun, \"Klassik Jahon Chempionati 2024\" doirasida Gukesh hamda Din Lijen o‘zaro bahs olib bormoqda.
Hozirga qadar mazkur shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 7 ta bahsda tomonlar bir marotabadan zafar quchgan. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













