Ilyos Qurbonov: "Qo‘qon-1912"da ishtiyoq ko‘proq edi"

Ilyos Qurbonov: "Qo‘qon-1912"da ishtiyoq ko‘proq edi"
Superliga uchun pley-off o‘yinida “Qo‘qon-1912” jamoasi “Metallurg”ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor, “Qo‘qon-1912” jamoasini Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Raqib uzun pas uzatmalari orqali o‘ynaydi, kurashadigan jamoa. Ko‘proq shunga tayyorlangandik. 4 kun oldin Qarshida o‘ynaganimiz sababli yo‘lga vaqtimiz ketdi va bu uchrashuvga tayyorlanishga bir kun vaqtimiz bo‘ldi. Uchrashuvda futbolchilarda charchoq sezildi. Shuning uchun qiyin o‘yin kechdi.

- “Qo‘qon-1912” nimani hisobiga g‘alaba qozondi?
- Standart vaziyati bo‘ldi. Shundan gol urdi. Boshqa imkoniyati bo‘lmadi. Qo‘qonliklarda ishtiyoq ko‘proq edi. Kurashlarda ko‘proq yutishdi. Xohish ko‘proq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondi.

- Ba’zi murabbiylar penaltilar seriyasiga tayyorlanadi, ba’zilar esa yo‘q. “Metallurg” penaltilar seriyasiga tayyorlanganmidi?
- Ha, tayyorlangandik. Penalti – bu hamma aytganidek lotereya. “Qo‘qon-1912” boshidagi ikkita penaltidan gol ura olmadi. Biz gol urdik. Keyin esa... Aytyapman-ku, bu lotereya. Bunda futbolchilar ruhiy tarafdan tayyor bo‘lishi, qo‘rquv bo‘lmasligi kerak. Penaltilar seriyasida omad qo‘qonliklarga kulib boqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.