Osiyo chempionati. Jasurbek Yo‘ldoshev tojikistonlik bokschini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!

Osiyo chempionati. Jasurbek Yo‘ldoshev tojikistonlik bokschini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!
Ayni paytda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

9-kun doirasida, 86 kg vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshev tojikistonlik Ahmadjon Saidovga qarshi ringga ko‘tarildi. Faol tarzda harakat qilgan hamyurtimiz 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi.

Ikkinchi raundda Jasurbek raqibni 2 bor nokdaun holatiga solib qo‘ydi va so‘nggi raund ham yuqoridagilar kabi ssenariy ostida kechdi. Yakunda yurtdoshimiz haqli tarzda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.