Superliga klublarida amalga oshirilgan transferlar...

Superliga klublarida amalga oshirilgan transferlar...
Superligada mavsum yakuniga yetgach jamoalar transfer ishlarini boshlab yuborishdi. PFLning telegramdagi rasmiy sahifasi amalga oshgan transferlar haqida ma’lumot bermoqda.

Yakunlangan mavsumda \"Neftchi\" sharafini himoya qilgan Sanjar Qodirqulovni \"Dinamo\" limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazdi.

\"Neftchi\"ning yana bir futbolchisi Mirzohid G‘ofurov esa \"lochinlar\"ga qaytdi. \"Navbahor\" 36 yoshli futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Proligaga tushib ketgan \"Olimpik\" futbolchisi Akbar Abdurasulov kelasi mavsum Samarqand klubi sharafini himoya qiladi. \"Dinamo\" uni limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazdi.

\"Bunyodkor\" vakili Abdug‘ani Kamolov \"Navbahor\" safida limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

\"Qaldirg‘ochlar\"ning boshqa futbolchisi Mirjahon Mirahmadov keyingi mavsum \"Dinamo\"da o‘ynaydi.

\"Paxtakor\" vakili Doniyor Abdumannopov \"Andijon\"ga qaytdi. \"Burgutlar\" 24 yoshli futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Manba: t.me/uzpfl
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.