Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi

Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi
Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi

Mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil qiladigan Tashkent Challenger—2016 o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Uning amaldagi g‘olibi — o‘zbekistonlik Denis Istomin juftlik bellashuvlarida finalga yo‘llanma oldi, deb yozdi “Olamsport”.

Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik hosil qilgan Istomin, yarim finalda Belarus va Shvesiyadan tashrif buyurgan tennischilarni ortda qoldirdi.

Juftlik bellashuvlarining ikkinchi yarim finalida Jo‘rabek Karimov hamda Sanjar Fayziev Andre Begamann va Leander Paesdan yengildi.

Avvalroq Denis Istomin yakkalik bellashuvlarida yarim final chiptasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.