Fayzullayev va jamoadoshlari 158 nafar yosh futbolchilarga qarshi maydonga tushdi

Fayzullayev va jamoadoshlari 158 nafar yosh futbolchilarga qarshi maydonga tushdi
SSKA futbolchilari \"Yangi yil oʻyini\"da akademiyaning 158 nafar oʻquvchisiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyin \"VEB-Arena\"da boʻlib oʻtdi.

\"Armiyachilar\"dan besh kishi maydonga chiqdi: Vladislav Torop, Villian, Matvey Lukin, Danil Krugovoy va Abbosbek Fayzullayev. Ular Qorbobo libosini kiyib olgan holda oʻynadilar.
Fayzullayev va jamoadoshlari 158 nafar yosh futbolchilarga qarshi maydonga tushdi
Bolalar jamoasining murabbiyi Marko Nikolich boʻlib, u 10 ta darvozabon va \"30-50-50\" tizimi bilan oʻyinga kirdi. Akademiya jamoasi klub asosiy tarkibini 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Ushbu bahsda Fayzulayev jamoasining ikkita goliga ham mualliflik qildi.
Fayzullayev va jamoadoshlari 158 nafar yosh futbolchilarga qarshi maydonga tushdi
Mazkur noodatiy bahsni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://rutube.ru/video/0790e0e7a36c39208dccc59ad3f72681/?r=plemwd
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.