Dragan Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma'lum boʻldi

Dragan Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma'lum boʻldi
Dragan Cheran \"Nasaf\"ga qaytishga yaqin turibdi. Bizdagi ma'lumotlarga koʻra, futbolchi amaldagi chempion \"Nasaf\" klubi bilan kelishuvga erishgan. Hujumchi tez orada klub yigʻiniga borib qoʻshiladi.

37 yoshli forvard oʻtgan mavsum 13 ta gol bilan Superliga toʻpurari boʻlgan. Bundan tashqari u liganing ramziy jamoasidan ham oʻrin olgan edi.
Dragan Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma'lum boʻldi
Dragan Cheran Superligada qoladi. Uning keyingi jamoasi ma'lum boʻldi
Dekabr oyida \"Paxtakor\"ning jurnalistlar bilan ochiq muloqotida klub raisi futbolchining jamoani tark etishini tasdiqlagan edi.

Ma'lumot uchun, 2016 yil \"Nasaf\" safiga qoʻshilgan Cheran ikki mavsumdan soʻng poytaxt klubiga transfer qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.