Rossiyalik mashhur murabbiy Husanovning «Manchester Siti»ga transferidan hayratini yashira olmadi

Rossiyaning mashhur murabbiylaridan biri Yuriy Syomin Abduqodir Husanovning transferi haqida fikr bildirdi.
«Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga transferi meni hayron qoldirdi. Eng gʻalatisi qanday qilib, shunday iqtidor sohibini RPL jamoalarining hech biri koʻra bilmadi. U Oʻzbekiston va Belarusda oʻynagan. Bu mamlakatlar futboli biz uchun juda yaqin edi.
U «Man Siti»ga 50 million yevroga oʻtmoqda. «Lans» esa uni atigi 100 mingga sotib olgandi. Qarang frantsuzlar bittagina transferdan qancha ishlab olishdi. Shu oʻrinda bitta savol tugʻiladi. Rossiya jamoalarining skautlari nimalar qilmoqda? Axir ular birinchi boʻlib, shunday futbolchilarni koʻrishlari kerakku», — deb fikr bildirdi Yuriy Syomin.
Manba: championat.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga transferi meni hayron qoldirdi. Eng gʻalatisi qanday qilib, shunday iqtidor sohibini RPL jamoalarining hech biri koʻra bilmadi. U Oʻzbekiston va Belarusda oʻynagan. Bu mamlakatlar futboli biz uchun juda yaqin edi.
U «Man Siti»ga 50 million yevroga oʻtmoqda. «Lans» esa uni atigi 100 mingga sotib olgandi. Qarang frantsuzlar bittagina transferdan qancha ishlab olishdi. Shu oʻrinda bitta savol tugʻiladi. Rossiya jamoalarining skautlari nimalar qilmoqda? Axir ular birinchi boʻlib, shunday futbolchilarni koʻrishlari kerakku», — deb fikr bildirdi Yuriy Syomin.
Manba: championat.com
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













