Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda oʻynagan?

Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda oʻynagan?
APLda harakat qiladigan oʻzbekistonlik ilk futbolchi Abduqodir Husanov yangi jamoasida 45-raqam ostida oʻynashidan xabaringiz bor. Xoʻsh, bungacha \"shaharliklar\" tarkibida aynan qaysi futbolchilar bu raqamda maydonga tushgan?

Stiven Elliott (Irlandiya)

2003/04 yilgi mavsum \"shaharliklar\" sharafini himoya qilish bilan futboldagi katta yoʻlini boshlagan Stiven deyarli hech vaqt qaydnomadan joy olmagan. Shu bois u bor-yoʻgʻi 2 ta oʻyinda umumiy 16 daqiqa maydonda harakat qilgan xolos. Biroq fakt shuki, hujumkor yarim himoyachi 45-raqamda toʻp tepgani bilan \"Manchester Siti\" tarixida qolgan.

Mayka Richards (Angliya)
Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda oʻynagan?
2005 yil 22 oktyabr kuni \"Arsenal\"ga qarshi oʻyinda 17 yoshli Mayka Richards zaxiradan maydonga tushib, \"shaharliklar\" birinchi jamoasida debyut qilgan. Dastlabki – 2005/06 yilgi mavsumida Mayka 45-raqam ostida toʻp tepgan va 16 oʻyinda maydonga tushib, hisobiga 1 ta gol yozib qoʻygan. Keyingi mavsum David Sommey jamoadan ketgach, 2-raqamni oʻziniki qilgan.

Mario Balotelli (Italiya)
Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda oʻynagan?
2010 yildan 2013 yilgacha \"shaharliklar\" tarkibida harakat qilgan hujumchi bu raqamni mashhur qilgan futbolchi deb bemalol aytish mumkin. Har qanday qidiruv tizimiga \"45-raqamli futbolchi\" deb yozsangiz, sizga avval \"Super Mario\"ni, keyin boshqalarni chiqarib beradi. Mario 3 yil mobaynida 80 uchrashuvda qatnashib, 30 ta toʻp kiritgan hamda 6 ta golli pas uzatgan. Forvard jamoa bilan bir bor chempionlikni tantana qilgan boʻlsa, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qoʻlga kiritishga ham ulgurgan.

Demeako Dyuxani (Angliya)

2017/18 yilgi mavsum \"Manchester Siti\" oʻng qanot himoyachisi Demeako Dyuxani 45-raqamda oʻynagan. 18 yoshli futbolchi oʻsha mavsum \"Manchester Siti\" U-23 safida 16 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Abduqodir Husanov (Oʻzbekiston)
Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda oʻynagan?
Buyogʻiga Mario Balotelli tanitgan 45-raqamni Abduqodir Husanov yanada porlatishga xizmat qiladi. Umid qilamizki, Oʻzbekiston MTJ himoyachisi bu raqam ostida Xosep Gvardiola jamoasining asosiy figurasiga aylanadi.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.