Lamin Yamal "Barselona"da boshqa raqam ostida oʻynaydi

Lamin Yamal "Barselona"da boshqa raqam ostida oʻynaydi
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Lamin Yamal kelasi mavsumda 10-raqam ostida oʻynaydi. Ayni paytda ushbu raqam Ansu Fatiga tegishli. Bu futbolchiga oʻz vaqtida katta imkoniyatlar berilgan, ammo u hali toʻliq oʻz salohiyatini namoyish eta olmadi.

Fatigacha, Lionel Messi koʻp yillar davomida \"koʻk-anorranglilar\" tarkibida 10-raqam ostida oʻynagan.

Lamin Yamal hozirda \"Barselona\"da 19-raqam ostida harakat qiladi. U oʻtgan mavsumlarda asosiy jamoada 41 va 27-raqamlar ostida oʻynagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.