"Manchester Siti" mehmonda "Ipsvich Taun"ni tor-mor etdi

"Manchester Siti" mehmonda "Ipsvich Taun"ni tor-mor etdi
Angliya Premer-ligasining 22-turidan oʻrin olgan bahsda \"Manchester Siti\" \"Ipsvich Taun\" ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.

Xosep Gvardiola boshchiligidagi \"shaharliklar\" mazkur turda \"Ipsvich Taun\"ni yirik 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng klub turnir jadvalining kuchli 4 ligiga kirib oldi.

Ma'lumot oʻrnida, manchesterliklar navbatdagi bahsini 22 yanvar kuni Fransiyaning PSJ klubiga qarshi bahs olib boradi.

\"Ipsvich Taun\" — \"Manchester Siti\" 0:6
Gollar
: 0:1 – 27 Foden, 0:2 – 30 Kovachich, 0:3 – 42 Foden, 0:4 – 49 Doku, 0:5 – 57 Xoland, 0:6 – 69 Makati.
\"Ipsvich\": Uolton, Devis, Djonson, Berdjess, O`Shi, Godfri (Tuanzebe, 64), Morsi, Kayuste (Luongo, 64), Klark (Filodjin-Baydeys, 64), Xatchinson (Teylor, 73), Delap (Xerst, 73).
\"Manchester Siti\": Ederson, Gvardiol, Ruben Diash, Akandji (O`Rayli, 72), Mateush Nunesh, Kovachich (Lyuis, 72), Gyundogan, Doku, de Bryuyne (Makati, 63), Foden (Grilish, 63), Xoland (Mubama, 63).
Ogohlantirish: Mateush Nunesh (79).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.