Mashhur saytlar "Manchester Siti" - "Chelsi" bahsi natijasini taxmin qildi

Mashhur saytlar "Manchester Siti" - "Chelsi" bahsi natijasini taxmin qildi
Bugun Angliya Premer-Ligasi 23-turining markaziy bahsida \"Manchester Siti\" - \"Chelsi\" toʻqnashuvi boʻlib oʻtadi.

Hozirda jamoalar turnir jadvalining toʻrtinchi va beshinchi pogʻonalarini band qilib turibdi. Mazkur bahs natijasi jamoalarning oʻrnini oʻzgartirishi mumkin.

Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e'lon qildi:
  • \"90MIN\" nashri mazkur bahsda \"Siti\"ning gʻalabasiga ishonmoqda: \"Manchester Siti\" 2:1 \"Chelsi\"
  • \"Sportingnews\" mehmonlarning zafar quchishini taxmin qilmoqda: \"Manchester Siti\" 2:3 \"Chelsi\"
  • \"SPORTSKEEDA\" va \"SportsMole\" nashrlarining yozishicha tomonlar kuchi teng keladi: \"Manchester Siti\" 2:2 \"Chelsi\"
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.