“Paxtakor”ning Serbiya klubi bilan oʻrtoqlik oʻyini janjal bilan tugadi (video)

Foto: “Paxtakor” matbuot xizmati
Turkiyada tayyorgarlik koʻrayotgan “Paxtakor” Antaliyadagi ikkinchi yigʻini doirasida 24 yanvar, juma kuni oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Serbiyaning “Radnichki Nish” jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimida serblar ikkita gol urgan boʻlsa, toshkentliklardan Diyor Xolmatov bitta goli bilan javob qaytardi, xolos – 1:2.
Oʻrtoqlik maqomidagi oʻyin janjal sababli erta yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov 85-daqiqada raqib oʻyinchisiga nisbatan qoʻpollik ishlatgach, serbiyalik himoyachi oʻrnidan turib orani ochiq qilishga tushdi va bu janjal ikki jamoaning ommaviy tortishuviga aylanib ketdi. Natijada polshalik hakamlar oʻyinni 87-daqiqadayoq yakunlashga majbur boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Turkiyada tayyorgarlik koʻrayotgan “Paxtakor” Antaliyadagi ikkinchi yigʻini doirasida 24 yanvar, juma kuni oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Serbiyaning “Radnichki Nish” jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimida serblar ikkita gol urgan boʻlsa, toshkentliklardan Diyor Xolmatov bitta goli bilan javob qaytardi, xolos – 1:2.
Oʻrtoqlik maqomidagi oʻyin janjal sababli erta yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov 85-daqiqada raqib oʻyinchisiga nisbatan qoʻpollik ishlatgach, serbiyalik himoyachi oʻrnidan turib orani ochiq qilishga tushdi va bu janjal ikki jamoaning ommaviy tortishuviga aylanib ketdi. Natijada polshalik hakamlar oʻyinni 87-daqiqadayoq yakunlashga majbur boʻldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













