Krishtianu Ronaldu: “Oʻgʻlim har doim mendan Mbappe zoʻrligini aytadi”

Krishtianu Ronaldu: “Oʻgʻlim har doim mendan Mbappe zoʻrligini aytadi”
“Real Madrid” va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu uning oʻgʻli Kilian Mbappening muxlisi ekanligi haqida gapirib oʻtdi.

“Mening oʻgʻlim Matteo har doim mendan Mbappe zoʻrligini aytadi. Sababi, u yoshligidan buyon Kilianning muxlisi, uning oʻyinlarini yaxshi koʻrib tomosha qiladi.

Shu bois, ba'zida oʻgʻlim menga qarab, dada sizdan fransiyalik hujumchi yaxshiroq deganida, men unga bir qiziq savol beraman. Xoʻsh, qaysi birimiz koʻproq gol kiritganmiz desam, u har doim kulib qoʻyadi” – deya aytib oʻtdi portugaliyalik yulduz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.