Kilian Mbappe “Real Madrid”ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Kilian Mbappe  “Real Madrid”ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappe yanvar oyining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Futbolchi muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan.

Kiliandan tashqari soʻrovnomada Federiko Valverde, Jud Bellingem, Rodrigo va Vinisius Junior ham qatnashgan.

Ma'lumot uchun, Mbappe yanvarda madridliklar safida 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.