Arman Tsarukyan va Maykl Chendler jangi bekor qilindi

Arman Tsarukyan va Maykl Chendler jangi bekor qilindi
UFCning eng kuchli yengil vazn toifasidagi jangchilaridan biri Arman Tsarukyan va Maykl Chendler oʻrtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda armanistonlik jangchining menejeri Saya Abdurahmonov ma'lum qildi.

\"Bu yolgʻon xabar. Arman qachon janga tayyor boʻlishi hozircha aniq emas,\" – dedi Abdurahmonov TASS agentligiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, kecha jurnalist Manuk Akopyan ijtimoiy tarmoqlarda UFC 314 turniri doirasida 13-aprel kuni Mayami shahrida Tsarukyan va Chendler oʻrtasida jang boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Manba: fight.ru
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.