"Plimut Argayl" “Liverpul”ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi (Video)

"Plimut Argayl" “Liverpul”ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi (Video)
Angliya Kubogining to‘rtinchi bosqichida kutilmagan natija qayd etildi. Chempionship turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan \"Plimut Argayl\" o‘z maydonida “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va sensatsion g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 53-daqiqada Rayan Xardi tomonidan penaltidan kiritildi. “Liverpul” butun o‘yin davomida to‘pga egalik qilish (75%) va zarbalar bo‘yicha (14:10) ustunlik qilgan bo‘lsa-da, natijaga erisha olmadi.

Bu g‘alaba \"Plimut Argayl\" uchun tarixiy natija bo‘lib, “Liverpul” esa Angliya Kubogini tark etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.