Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi

Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi
Hujumchi Dastan Satpayev faoliyatini Londonning \"Chelsi\" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi
\"Qayrat\" va \"Chelsi\" 16 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 2026 yilning yozida, balogʻat yoshiga etganidan soʻng, u rasman ingliz klubiga oʻtadi. Ungacha Satpayev \"Qayrat\" safida oʻynashda davom etadi.

Dastan Olmaota shahrida tugʻilgan, 8 yoshida \"Qayrat\" akademiyasiga kirib, tayyorgarlikning barcha bosqichlaridan oʻtgan. 2024 yilning may oyida 15 yoshli Satpayev asosiy jamoada debyut qilgan \"Qayrat\" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.