Osiyo chempionati: Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi finalda

Osiyo chempionati: Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi finalda
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu qit\'a birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi finalga qadar etib bordi.

Oʻzbekistonlik futbolchilar musobaqaning ilk turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushib, 8:1 hisobida, ikkinchi turda Nepal jamoasiga qarshi oʻyinda esa 13:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston terma jamoasi 3-tur bahsi doirasida mezbon sportchilar, Bangladesh termasiyem 3:0 hisobida magʻlub etdi.

Shu tariqa guruhda 9 ochko jamgʻargan Oʻzbekiston amputantlar jamoasi chempionat yarim finalini naqd qildi va ushbu bosqichda iroqlik sportchilarni 3:0 hisobda magʻlub etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.