Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Braziliya jamoasini magʻlub etdi

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Braziliya jamoasini magʻlub etdi
2025 yilgi Osiyo Kubogi final qismiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi \"Rivojlanish kubogi\" turniridagi ishtirokini boshladi.

Vakillarimiz bugun ilk uchrashuvini Braziliyaning \"Blockchain Sports\" akademiyasiga qarshi oʻtkazdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan oʻyinda Islom Ismoilov shogirdlari raqibini 3:1 hisobida taslim qildi. Gollarga Jamshid Rustamov, Abdulloh Fazliddinov, Sayfiddin Sodiqovlar mualliflik qilishdi. Hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvlarda Belarus va Ozarbayjonga qarshi maydonga chiqishadi.

\"Rivojlanish kubogi\"

\"Blockchain Sports\" - Oʻzbekiston U-17 1:3
Gollar
: Gustavo dos Santos - Jamshid Rustamov, Abdulloh Fazliddinov, Sayfiddin Sodiqov

Oʻzbekiston U-17: 1. Ibrohim Shokirov, 2. Xojiakbar Botiraliyev, 3. Xojiakbar Yusufboyev, 8. Akbar Muhammadov, 10. Muhammad Habibullayev, 13. Abdulloh Fazliddinov, 14. Behruz Saidmurodov, 16. Asadbek Ramilov, 17. Jamshidbek Rustamov, 20. Asilbek Aliyev, 22. Sardorbek Fayzullayev.
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Braziliya jamoasini magʻlub etdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.