Lamin Yamal 17 yoshida 100-o‘yinini o‘tkazdi

Lamin Yamal 17 yoshida 100-o‘yinini o‘tkazdi
\"Barselona\"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Lamin Yamal faoliyatidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.

La Liganing 24-turida \"Rayo Valyekano\"ga qarshi uchrashuvda Yamal asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun o‘yinni o‘tkazdi.

Bu uning \"Barselona\" safidagi 83-o‘yini bo‘ldi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi uchun 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 17 yosh va 220 kunlik Yamal allaqachon 21 ta gol urib, 28 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Joriy mavsumda u \"Barselona\" safida 21 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urdi.

Analitik portal Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ispan yarim himoyachisi 180 million yevroga baholanmoqda.

\"Barselona\" ushbu o‘yinda \"Rayo Valyekano\"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.