Real Sosyedad – Real Madrid: Mehmonlar minimal g‘alabaga erishdi

Real Sosyedad – Real Madrid: Mehmonlar minimal g‘alabaga erishdi
Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida Real Madrid mehmonda Real Sosyedad ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golni Endrik Felipe 19-daqiqada urdi. Ushbu golga Jude Bellingem assistentlik qildi.

O‘yinda Real Madrid 14 marta darvozaga zarba berdi, shundan 5 tasi aniq bo‘ldi. Real Sosyedad esa 11 zarba yo‘llab, 6 marta to‘pni darvoza tomon yo‘naltirdi. To‘p nazorati Sosyedad foydasiga 52% bo‘ldi, Madrid klubi esa 48% to‘pga egalik qildi.

Javob o‘yini Madridda bo‘lib o‘tadi, bu esa \"Qirollik klubi\"ga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini oshiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.