"Bolonya" o‘z maydonida "Milan"ni yengdi

"Bolonya" o‘z maydonida "Milan"ni yengdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida \"Bolonya\" jamoasi o‘z uyida \"Milan\"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi hisobni mehmonlar sardori Rafael Leao 47-daqiqada ochdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, \"Bolonya\" safida Sanches Kastro (48\') va Dan Ndoye (62\') tomonidan urilgan gollar evaziga jamoa g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Statistikaga ko‘ra, \"Bolonya\" maydonda ustunlik qildi:
Zarba: 14-8
To‘p nazorati: 57% - 43%
Aniq paslar: 81% - 73%

Mazkur g‘alaba evaziga \"Bolonya\" 44 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, \"Milan\" esa 41 ochko bilan 8-o‘ringa tushib ketdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.