Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi


Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Goal internet-nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilgi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
31 yoshli portulagiyalik 50 nafar eng yaxshi o‘yinchilar ro‘yxatida \"Barselona\" hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Messi esa 4-o‘ringa loyiq deb topildi. Argentinalik futbolchi mukofotga asos solingan 2008 yildan beri kuchli uchlik tashqarisida qolib kelmoqda. Ronaldu \"Goal 50\" mukofotini faoliyatida 4-marotaba olmoqda.
Ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni \"Barsa\" hujumchisi Luis Suares, 3-o‘rinni \"Atletiko\" hujumchisi Antuan Grizmann egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, \"Real\"ning yana bir hujumchisi Garet Beyl ham kiritildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













