"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasida ochkolar bo‘lindi

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasida ochkolar bo‘lindi
Angliya Premyer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan \"Manchester Yunayted\" va \"Arsenal\" o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. \"Old Trafford\"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda dastlab 45+2-daqiqada Bruno Fernandesh hisobni ochdi. Ammo 74-daqiqada Deklan Raysning goli \"Arsenal\"ga bir ochko olib keldi.

Uchrashuvda \"Arsenal\" ustunlik qildi: 69% to‘pga egalik va 17 ta zarba. \"MYu\" esa 31% to‘pga egalik qilib, 10 ta zarba yo‘lladi. Bu natija orqali \"Arsenal\" 55 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda, \"Manchester Yunayted\" esa 34 ochko bilan 14-o‘rinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.